“DAVLAT BELGISI” DUK tomonidan esdalik tangalari va suvenir tо‘plamlari dizaynlarining tanlovi о‘tkazilishiga doir e’lon

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan xayotbaxsh g‘oyaning axamiyati tobora ortib bormoqda.

Tanlovda tasviriy sanʼat, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Dizayn konsepsiyasi va tematikasi quyidagilardan iborat:

  • Tarixiy va muqaddas qadamjolar;
  • Xalqimizning qadriyatlari, madaniyati va tarixi;
  • O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi;
  • Buyuk Ipak yo‘li;
  • Sport sohasi;
  • Tabiat va hayvonot olami;
  • Milliy hunarmandchilik;
  • Erkin mavzu.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich shartlari:

  1. Dizayn muallif tomonidan chizilgan bo‘lishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi kerak.
  2. Dizayn doira ichida (logotip ko‘rinishida) kompyuter grafikasidan foydalanib (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) tayyorlanishi yoki A4 formatli qog‘ozga qalam bilan tushirilgan bo‘lishi hamda ularda tasvirlangan har bir element aniq ko‘rinishi lozim.
  3. Dizayn tanga yoki suvenir to‘plamlari avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) ko‘rinishlardan hamda ularning qisqacha tavsifidan iborat bo‘lishi lozim.
  4. Tayyorlangan dizaynlar muallifining ismi, familiyasi, manzili, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda 2024 yil 31 iyul kuni soat 23:00ga qadar quyidagi manzillarning biri orqali taqdim etishlari lozim:
  • designmint@davlatbelgisi.uz elektron manzili;
  • +998942101218 telegram kanali;
  • “Davlat belgisi” DUK (100114, Toshkent shahri, Javaharlal Neru ko‘chasi, 3-uy).
  1. Birinchi bosqichda kelib tushgan barcha dizayn loyihalari «Davlat belgisi» DUKning Ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va eng yaxshi 30 ta dizayn loyihasi saralab olinib, dizayn mualliflari ro‘yxati eʼlon qilinadi.

Ikkinchi bosqich shartlari:

  1. Birinchi bosqichda tanlab olingan 30 ta loyiha mualliflari “Davlat belgisi” DUK mutaxassislari bilan birgalikda dizaynlarga yakuniy ishlov berib, elektron fayllar EPS, AI, PDF, CDR tahrir qilinadigan raqamli vektor formatlaridan birida shakllantiriladi.
  2. Ishchi guruh tanlab olingan 30 ta dizayn loyihalarini Markaziy bankning Komissiyasi muhokamasiga kiritadi.
  3. Komissiya taqdim etilgan dizayn loyihalarini 5 ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi va 15 ta g‘olibni tanlab oladi. Bunda:
  • 1-o‘rin uchun – 20 million so‘m;
  • 2-o‘rin uchun – 15 million so‘m;
  • 3-o‘rin uchun – 10 million so‘m;
  • 4-15 o‘rinlar uchun har biriga 3 million so‘mdan mukofot pullari g‘oliblar eʼlon qilingan kundan 7 ish kuni mobaynida muallifning bank plastik kartasiga to‘lab beriladi.
  1. Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar bo‘yicha mualliflik huquqi mukofot puli to‘langan vaqtdan boshlab “Davlat belgisi” DUK tasarrufiga o‘tgan hisoblanadi.
  2. Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar ichidan mavzuga doir yo‘nalish bo‘yicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari muallifiga qo‘shimcha bir marotabalik 10 million so‘m miqdorida gonorar to‘lab beriladi.

Tanlov haqida qo‘shimcha maʼlumot olish uchun (55) 503-33-72 yoki (71) 209-03-32 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.