Xalqaro Iso 14298:2021 standarti ximoyalangan bosib chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimi bo’yicha va INTERGRAF sertifikatsiyasi
2023 yilda «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasining bosma fabrikasida ISO 14298:2021 xalqaro standarti talablariga javob beradigan xavfsizlik tizimi va “Markaziy bank”ning eng yuqori darajadagi INTERGRAF sertifikati joriy etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. 2023 yil sentyabr oyida INTERGRAF (Bryussel Belgiya) tomonidan 202203552-sonli sertifikat berilgan.
ISO 9001 Quality management system
Xalqaro Iso 9001:2015 standarti sifat menejmenti tizimi bo’yicha.
1997 yildan boshlab korxonada Iso 9001 xalqaro standarti bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.
2021 yilda Iso 9001:2015 xalqaro standarti bo’yicha sifat menejmenti tizimi zarbxonada ishlab chiqilgan va joriy etilgan va qayta tuzilish munosabati bilan qog’oz va bosma fabrikalarning mavjud sifat tizimlari birlashtirildi, shu tariqa Davlat belgisi davlat unitar korxonasida Iso 9001 xalqaro standarti bo’yicha yagona sifat menejmenti tizimi bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda. 2022-yil sentabr oyida «TUV Thuringen» xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan (TYUF Turingen, Germaniya) Toshkentdagi vakolatxonasi «CERT Management»kompaniyasi tomonidan yagona sifat menejmenti tizimi sertifikatlandi.
ISO 37001 Antibribery management system
Xalqaro Iso 37001:2016 standarti korrupsiyaga qarshi kurash tizimi bo’yicha. (KQIT).
2021 yil fevral oyida «Korrupsiyaga qarshi kurash» loyihasi bo’yicha ishlar boshlangan. 2022-yil noyabr oyida tizim to’liq tayyor bo’lgan. 2022-yil dekabr oyida birinchi sertifikatlash auditi o’tkazilgan, 2023-yil yanvar oyida sertifikatlashtirish auditining 2-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Amal qilish muddati 2026-yil 30-yanvargacha bo’lgan AVM1-686 / a sertifikati «SNAS» (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish organi, Toshkentda «CERT Inernational» kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
«O’zbekiston akkreditatsiya markazi» DM Ma’qullash to’g’risida guvohnoma ML.1477-son
2024-yil iyul oyida «Davlat belgisi» DUKning qog’oz fabrikasi laboratoriyasi O’zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan sinov laboratoriyasi ma’qullanganligi to’g’risida guvohnoma oldi. Guvohnoma № ML.1477.