Davlat Belgisi

Loading

Korxona tarixi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi 1992-yilda tashkil etilgan va 2019-yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etildi.

Bosma fabrikasi 1993 yilda tashkil etilgan va shu yili O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining birinchi partiyasini chiqarilgan. 2005 yil pasport va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish binosi foydalanishga topshirildi.



Qog’oz fabrikasi 1995 yil mart oyida ishga tushirilgan va PapirFabrik Louisenthal GmbH (Germaniya) tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan ilg’or uskunalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yuqori sifatli, qog’ozni qalbakilashtirishdan ishonchli himoya qilish, texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirish Qog’oz Fabrikasi faoliyatining asosiy mezonidir.
.  

Zarbxona dunyodagi eng yosh zarbxonalardan biridir. Rasmiy ochilishi 1997 yil mart oyida bo’lib o’tdi. Zarbxona xorijiy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Uskunalar SCHULER PRESSEN, ACSYS va boshqalar kabi taniqli kompaniyalar bilan hamkorlikda o’rnatilgan.

Skip to content