O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi 1992 yilda tashkil etildi.
1993 yil Bosma fabrikasining ochilishi va birinchi o’zbek milliy valyutasi ishlab chiqarildi.
2005 yilda pasportlar va boshqa himoyalangan bosma mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi ishlab chiqarish binosi ishga tushirildi.
Dizayn va bosib chiqarishdan oldingi jarayon:
Maxsulatni ishlab chiqarishgacha bo’lgan jarayoni to’liq Koenig & Bauer Banknote Solutions uskunalari bilan jihozlangan.
«CToP»– ofset bosma qoliplarini ishlab chiqarish.
«CTiP» -gravyur bosib chiqarishning bosma qoliplarini ishlab chiqarish.
«MultiDX-III»– – Trafaret usulida bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun bosma qoliplarni tayyorlash hamda bosma mahsulotlarni tugatish.
Pasport va boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun (elektron ma’lumotga ega pasport blankalar, harbiy guvohnoma; sertifikatlar; tibbiy, pensiya, mehnat daftarchalari va boshqalar) ikkita avtomatlashtirilgan Kugler liniyasidan foydalaniladi.