Hozirgi vaqtda chet elga chiqish uchun biometrik pasport (pasport) 2 turda ishlab chiqariladi: O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolari uchun.
Pasport 48 sahifadan iborat bo’lib, davlatdan tashqariga chiqishda foydalanish uchun mo’ljallangan.
Pasportning 3-46-sahifalari 90 g / m2 zichlikdagi himoyalangan qog’ozdan ishlab chiqariladi. Qalbakilashtirishdan ishonchli himoya va uzoq mudad xizmat qiladi.
Pasport sahifalaridagi barcha matn va grafik materiallar zamonaviy bosib chiqarish texnologiyalari – ofset va intaglio yordamida amalga oshiriladi.
Pasportning barcha sahifalaridagi yozuvlar, sarlavhalar va boshqa ma’lumotlar ham ofset va intaglio bosib chiqarish yordamida amalga oshiriladi.
Ayniqsa pasportning forsats va 3 sahifasining ko’rinishiga alohida etibor berilgan. Ulardagi naqshli bezaklar o’ziga xos estetik qiymat berib intaglioda bosib chiqarilishi qalbakilashtirishdan himoya qiladi.