Davlat Belgisi

Loading

Korxona tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi 1992-yilda tashkil etilgan va 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etildi.

Bosma fabrikasi 1993-yilda tashkil etilgan va shu yili O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining birinchi partiyasi chiqarilgan. 2005-yil pasport va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish binosi foydalanishga topshirildi.



Qog‘oz fabrikasi 1995-yil mart oyida ishga tushirilgan hamda PapirFabrik Louisenthal GmbH (Germaniya) tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or uskunalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yuqori sifatli qog‘ozni qalbakilashtirishdan ishonchli himoya qilish, texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish Qog‘oz Fabrikasi faoliyatining asosiy mezoni hisoblanadi.

Zarbxona —dunyodagi eng yosh zarbxonalardan biridir. Uning rasmiy ochilishi 1997-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan. Zarbxona ham zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu uskunalar SCHULER PRESSEN, ACSYS kabi taniqli xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda o‘rnatilgan.

Skip to content