Davlat Belgisi

Loading

Missiya

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Markaziy Osiyoda noyob texnika va texnologiyalarga ega bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar, banknotlar, pasportlar, tangalar ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lgan birinchi va yagona tuzilmadir. Shuningdek, orden va medallar hamda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, hisobga olishni va qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoya qilishni talab qiluvchi boshqa turdagi himoyalangan mahsulotlar ichlab chiqariladi.


“Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tarkibiga quyidagilar kiradi:


Qog‘oz fabrikasi:

Qog‘ozning fizik-mexanik xossalarining yuqori sifat ko‘rsatkichlari va talablarga muvofiqligining kaliti bo‘lgan paxta tolasi asosiy xomashyo sifatida foydalaniladigan, himoyalangan maxsus qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. (Qimmatli qog‘ozlar va banknotlar uchun)

Bosma fabrikasi:

Qimmatli qog‘ozlar, banknotlar, pasport blankalari, harbiy biletlar, aksiz markalari, ta’lim diplomlari, qat’iy hisobotda turuvchi blankalar va boshqa qog‘ozli himoyalangan bosma muxsulatlarni ishlab chiqarish fabrikasi.

Zarbxona:

Zarbxona esdalik va numizmatik aylanma tangalar, orden va medallar, shuningdek, latunli shtamplar, har xil turdagi klishelar hamda suv belgilar uchun asboblar ishlab chiqaradi.

“Davlat belgisi” davlat unitar korxonasining missiyasi:

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining buyrug‘i bilan milliy valyutalar (banknot va tangalar)ning himoya elementlari dizaynini tayyorlash va uni zarur hajmda ishlab chiqarish;
Suv belgisi dizaynini va himoya qog‘ozini ishlab chiqarish;
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi buyrug‘i bilan chet el pasportlarini loyihalash va ishlab chiqish;
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buyurtmasi bo‘yicha muomaladagi esdalik tangalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining buyurtmalari bo‘yicha boshqa medallar bilan taqdirlangan mahsulotlar dizaynini ishlab chiqarish;
– Iqtisodiy manfaatlar va davlat xavfsizligini himoya qilish maqsadida mahsulot va axborot xavfsizligini kafolatlash uchun mo‘ljallangan maxsus rejimni ta’minlash;  

Skip to content