Qog‘oz fabrikasi 1995-yil mart oyida ishga tushirilgan hamda PapirFabrik Louisenthal GmbH (Germaniya) tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan ilg‘or uskunalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yuqori sifatli qog‘ozni qalbakilashtirishdan ishonchli himoya qilish, texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish Qog‘oz Fabrikasi faoliyatining asosiy mezoni hisoblanadi.
Paxta tsellyulozasini ishlab chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri qog‘oz fabrikasida amalga oshiriladi va qog‘oz ishlab chiqarish orqali texnologik jarayonga birlashtiriladi. Paxta xomashyosini tanlashga qog‘oz sifati ko‘rsatkichlari ta’sir qiladi.