Davlat Belgisi

Loading

Sertifikatlar

Xalqaro Iso 14298:2021 standarti ximoyalangan bosib chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimi bo‘yicha va INTERGRAF sertifikatsiyasi

2023-yilda “Davlat belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bosma fabrikasida ISO 14298:2021 xalqaro standarti talablariga javob beradigan xavfsizlik tizimi hamda “Markaziy bank”ning eng yuqori darajadagi INTERGRAF sertifikati joriy etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2023-yil sentabr oyida INTERGRAF (Bryussel Belgiya) tomonidan 202203552-sonli sertifikat berilgan.



ISO 9001 Quality management system


Xalqaro Iso 9001:2015 standarti sifat menejmenti tizimi bo‘yicha

1997-yildan boshlab korxona Iso 9001 xalqaro standarti bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.


ISO 37001 Antibribery management system


Xalqaro Iso 37001:2016 standarti korrupsiyaga qarshi kurash tizimi bo‘yicha. (KQIT).

2021-yil fevral oyida “Korrupsiyaga qarshi kurash” loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangan. 2022-yil noyabr oyida tizim to‘liq tayyor holga kelgan. 2022-yil dekabr oyida birinchi sertifikatlash auditi o‘tkazilgan, 2023-yil yanvar oyida esa sertifikatlashtirish auditining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Amal qilish muddati 2026-yilning 30-yanvar oyigacha bo‘lgan AVM1-686/a sertifikati “SNAS” (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish organi, Toshkentda “CERT Inernational” kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.




“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ML.1477-son

2024-yil iyul oyida “Davlat belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning qog‘oz fabrikasi laboratoriyasi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan sinov laboratoriyasi ma’qullanganligi to‘g‘risida guvohnoma oldi. Guvohnoma №ML.1477.




Skip to content