“Davlat belgisi” MChJ Bosh direktori Azizxon Xamidov hamda “Craine Currency” kompaniyasining mintaqaviy savdo direktori Botir Yusupov o‘rtalarida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi hamkorlik natijalarini, o’zaro qo‘shma loyihalarni kengaytirish istiqbollari hamda yangi yo‘nalishlarni zabt etish imkoniyatlarini muhokama qildishdi. Uchrashuv davomida “Davlat belgisi” MChJ Bosh direktori Azizxon Xamidov tomonidan , hozirgi kunda “Davlat belgisi” MChJ mintaqadagi kamnamo va halqaro standartlarida raqobatlasha oladigan kompetensiya markazlaridan biriga aylanib borayotganligi takidlab o’tilindi. Hozirda himoyalangan mahsulotlar — banknot qog‘ozi va poligrafiya mahsulotlarini — ishlab chiqarish sohasidagi loyihalar yetakchi xorijiy kompaniyalari bilan rasmiy hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, suxbat davomida yuqori darajadagi ijro sifati, murakkab suv belgilarining chuqur integratsiyasi hamda keng himoya iplarini (6 mm gacha) joriy etish bo’yicha buyurtmachilar talablariga to‘liq javob berilishi va mintaqada sifat standartini belgilanishiga alohida urg’u berildi. Tomonlar hamkorlik formatini kengaytirish, jumladan yangi loyihalarni ishga tushirish va muvaffaqiyatli amaliyotlarni keng jahon miqyosida joriy etish niyatini tasdiqladilar. Qo‘shma faoliyatni barqaror o‘sish modelini shakllantirish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda tarmoqni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish asosiy vazifaga aylandi. Mazkur uchrashuv ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi bosqichi bo‘lib, barqaror rivojlanish, innovatsion yondashuv va uzoq muddatli samaradorlikka qaratilgan umumiy strategik yo‘nalish tasdig‘i bo‘ldi.