“Davlat belgisi” MChJ bosh direktori Xamidov Azizxon Xamidovich rahbarligida “Oberthur Fiduciaire” kompaniyasining mintaqaviy savdo direktori William Stamper bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Uchrashuv davomida joriy yilning hamkorlik natijalari, hamda qo‘shma loyihalarni kengaytirish islohotlari va yangi yo‘nalishlarga chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Davlat Belgisi” MChJ tomonidan so‘nggi bir yil davomida himoyalangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha – maxsus himoyalangan qog‘ozidan tortib banknotlarni chop etishgacha – soha bo‘yicha jahon yetakchilari bilan birgalikda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirilyotgani ta’kidlab o’tlindi.
Tomonlar hamkorlikni kengaytirishga, jumladan yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishga va loyihalarni keng jahon miqyosida rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Yaqin vaqt ichida “Oberthur Fiduciaries” korxonasiga texnik mutaxassislarning tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, unda chop etish va pardozlash jarayonlari bilan batafsil tanishish imkoniyati yaratiladi.
Uchrashuv ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi hamda barqaror rivojlanish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha umumiy yo‘nalishni yana bir bor tasdiqladi.
