O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi 1992-yilda tashkil etilgan.
1993-yilda Bosma fabrikasining ochilishi va birinchi o‘zbek milliy valyutasi ishlab chiqarildi.
2005-yil pasport va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish binosi ishga tushirildi.
Dizayn va bosib chiqarishdan oldingi jarayon:
Mahsulatni ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayoni to‘liq Koenig&Bauer Banknote Solutions uskunalari bilan jihozlangan;
«CToP»– ofset bosma qoliplarini ishlab chiqarish;
«CTiP» -gravyur bosib chiqarishning bosma qoliplarini ishlab chiqarish;
«MultiDX-III»– Trafaret usulida bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun bosma qoliplarni tayyorlash hamda bosma mahsulotlarni tugatish jarayoni.
Pasport va boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun (elektron ma’lumotga ega pasport blankalar, harbiy guvohnoma, sertifikatlar, tibbiy, pensiya, mehnat daftarchalari va boshqalar) ikkita avtomatlashtirilgan Kugler liniyasidan foydalaniladi.